Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiz Respublikasiga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy Maslahat uchrashuvining tadbirlarga boy dasturi yakunlandi. “Issiqkoʻl” aeroportida mamlakatimiz yetakchisi va rafiqasini Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi kuzatib qoʻydilar.