Обратитесь в посольство
телефон
Консульские вопросы
телефон

Anqarada O'zbekiston va Turkiya hamkorligiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri bo'lib o'tdi


Anqarada O'zbekiston va Turkiya hamkorligiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri bo'lib o'tdi

ANQARA, 6-iyun. /"Dunyo" AA/. Turkiya poytaxtida "O'zbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm munosabatlari: yutuqlar va yangi maqsadlar" mavzusida taqdimot tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda Turkiya Prezidenti Bosh maslahatchisi Yalchin To'pchu, O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Turkiya madaniyat va turizm vaziri o'rinbosari Serdar Cham, O'zbekiston turizm qo'mitasi raisi o'rinbosari Jamshid Abdusalomov, shuningdek, davlat tashkilotlari va OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

Tadbirda Turkiya Prezidenti Bosh maslahatchisi Yalchin To'pchu so'zga chiqib, O'zbekiston bizning ota yurtimiz deya ta'kidladi. "Ajdodlarimiz ushbu muqaddas zamindan kelib, Anadoluni vatan tutgan. O'zbekiston shuningdek, bizga ma'naviy yetakchilarni yetkazib bergan ulug' zamindir. 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanishi bilan O'zbekistonda boshlangan ochiqlik va taraqqiyot siyosatini barchamiz katta qiziqish bilan kuzatib kelyapmiz. Mamlakatingizdagi o'zgarish va yangilanish jarayoni Yangi O'zbekiston nomining tez-tez tilga olinishiga sabab bo'lmoqda. Shu o'rinda, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatda "Uchinchi Renessans" g'oyasi hayotga tadbiq etilmoqda. Bu ulug'vor g'oya nafaqat O'zbekiston, balki butun islom olami, hattoki, insoniyat uchun o'ta muhim bo'lgan yangi sivilizatsiya taklifidir", dedi u.

 

Uchrashuv davomida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va turizm sohalaridagi islohotlarga bag'ishlagan "O'zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab" mavzusida taqdimot o'tkazildi.

 

Yangi O'zbekiston 90 dan ortiq davlat, jumladan Turkiyaga ham amal qilayotgan vizasiz rejim tufayli turizm sohasida yangi yutuqlarga erishgani ta'kidlandi. Ikki mamlakat o'rtasida mavsumiy davrlarda o'zaro parvozlar soni 100 dan oshayotgani, natijada, so'nggi yillarda O'zbekistonga tashrif buyurgan turkiyalik sayyohlar soni 2,5 barobardan ko'proqqa o'sgani aytib o'tildi.