Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: Yangi O'zbekistonning qo'shni Qirg'iziston bilan munosabatlari yangicha qiyofa kasb etmoqda


Turkiyadan munosabat: Yangi O'zbekistonning qo'shni Qirg'iziston bilan munosabatlari yangicha qiyofa kasb etmoqda

ANQARA, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. Yevroosiyo iqtisodiy aloqalari bo'yicha "EkoAvrasya" jamg'armasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren "Dunyo" AA uchun intervyusida Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovning 18-19-iyul kunlari O'zbekistonga buyurgan davlat tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston bilan Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o'rtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotganini katta qiziqish bilan kuzatyapman.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko'zlagan va amaliy mintaqaviy siyosati tufayli Yangi O'zbekistonning qo'shni Qirg'iziston bilan munosabatlari yangicha qiyofa kasb etdi, uzoq vaqt davomida ko'p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratildi.

Qirg'iziston rahbari Sadir Japarovning O'zbekistonga davlat tashrifi, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan o'tkazilgan uchrashuvlar va ikki tomonlama kun tartibidagi keng ko'lamli dolzarb masalalarning mazmun-mohiyati buning dalilidir.

Davlat rahbarlarining uchrashuvlari va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar yakunlari bo'yicha O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib chiqishga tomonlarning intilishi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to'g'risida Qo'shma bayonotning imzolanishi bilan tasdiqlandi.

Prezidentlar rahbarligida Davlatlararo kengashni tashkil etish to'g'risidagi qaror, shubhasiz, parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar, biznes, ekspert, jamoatchilik doiralari va hududlar darajasidagi aloqalarni yanada faollashtirish uchun kuchli turtki bo'ladi.

Tomonlar savdo-investitsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilib, o'zaro hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish bo'yicha kelishuvga erishganini ham muhim deb bilaman.

Tashrif arafasida tashkil etilgan biznes-forumning muvaffaqiyatli o'tgani va mustahkam yangi kelishuvlar to'plamining qabul qilinishi, shuningdek, yaqin yillarda O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish to'g'risidagi qarorning qabul qilinishi iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi jarayonidan dalolat beradi.

Ishonchim komilki, O'zbekiston-Qirg'iziston jamg'armasining ustav kapitalini 200 million dollarga oshirish to'g'risidagi kelishuv o'zaro savdo, energetika, transport va logistika, elektrotexnika, to'qimachilik, agrosanoat va boshqa sohalarda yangi loyihalar, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini amalga oshirishda kuchli poydevor bo'lib xizmat qiladi.