Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Anqaradan munosabat: Ostonaga tashrif davomida erishilgan kelishuv va imzolangan hujjatlar O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi


Anqaradan munosabat: Ostonaga tashrif davomida erishilgan kelishuv va imzolangan hujjatlar O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi

ANQARA, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. Strategik tadqiqotlar va rivojlanish assotsiatsiyasi bosh kotibi Yunus Emre Kanat (Turkiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog'istonga buyurgan davlat tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Ushbu tashrif O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qo'shimcha turtki berishga qaratilgan. Shu bilan birga, ikki respublika rahbarlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli so'nggi paytlarda O'zbekiston-Qozog'iston hamkorligini ittifoqchilik munosabatlarining eng yuqori pog'onasiga ko'tarish imkoniga ega bo'ldi.

 

Qayd etishni istardimki, davlatlar rahbarlari hamkorlik loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda, bu esa, o'z navbatida, O'zbekiston va Qozog'iston biznes vakillari uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochmoqda. Shu munosabat bilan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda. Xususan, O'zbekiston Prezidenti sanoat kooperatsiyasi bo'yicha yangi strategiyani qabul qilish zarurligini ta'kidladi.

 

Bundan tashqari, 7 milliard dollarlik shartnomalar to'plami imzolangan biznes-forum savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, ustuvor yo'nalishlar bo'yicha kelishuvlarga erishish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

 

Ishonchim komilki, erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlar, O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.