Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyaning Karabyuk universitetida "O'zbek tili tadqiqotlari markazi" ochiladi


Turkiyaning Karabyuk universitetida "O'zbek tili tadqiqotlari markazi" ochiladi

ANQARA, 23-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Turkiyaning Karabyuk universitetida bo'ldilar, deb xabar qilmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida universitet prorektori, professor Imoil Karash bilan muzokara o'tkazildi. Unda Karabyuk universiteti  huzurida "O'zbek tili tadqiqotlari markazi"ni ochish to'g'risida kelishuvga erishildi. 

Prorektor Imoil Karash bugungi kunda mazkur oliy ta'lim muassasasida 10 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil olayotganini ma'lum qildi va o'zbekistonlik talabalarning o'rni muhim ekanligini bildirdi. Mamlakatimiz talabalari o'qish jarayonida yuqori ko'rsatkichlarga erishib, universitet ijtimoiy hayotida ham faol ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

"O'zbekiston rahbariyatining xorijiy mamlakatlarda o'zbek tili markazlarini ochish bo'yicha sa'y-harakatlari qo'llab-quvvatlaymiz. O'zbek tili va adabiyotiga bo'lgan yuqori qiziqishni inobatga olib, universitetimiz huzurida "O'zbek tili tadqiqotlari markazi"ni ochishga qaror qildik. Yaqin kelajakda markazning tantanali ochilish marosimini o'tkazamiz", - dedi Imoil Karash.