Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Anqaradagi vatandosh: Saylovda qatnashishni fuqarolik burchim deb bilaman


Anqaradagi vatandosh: Saylovda qatnashishni fuqarolik burchim deb bilaman

ANQARA, 27-oktabr. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi Turkiyada ham tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi huzuridagi 44-saylov uchastkasi erta tongdan Turkiyada vaqtincha va doimiy bo'lib turgan vatandoshlar, ishbilarmonlar va oliy o'quv yurtlarda ta'lim olayotgan O'zbekiston fuqarolariga o'z eshiklarini ochdi.

 

Turkiyadagi yurtdoshlarimiz mazkur siyosiy tadbirda konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda munosib bilgan partiyaga o'z ovozlarini beryaptilar.

 

To'rajon Raupov, tadbirkor:

O'zbekiston parlamenti saylovida qatnashish uchun mamlakatimiz elchixonasiga keldik. Elchixonada saylovga tayyorgarlik ishlari yuksak saviyada amalga oshirilganiga guvoh bo'ldik. Joriy saylovni O'zbekistonda demokratiya yo'lida amalga oshirgan eng muhim qadamlaridan biri, deb hisoblayman. Saylov natijalari Vatanimiz taraqqiyoti va  tinchligiga xizmat qiladi deb o'ylayman.

 

Dilbek Qurbonov, saylovchi:

– Anqara shahridagi 44-saylov uchastkasiga O'zbekiston Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida o'z ovozimni berish uchun keldim. Bu yilgi saylovlarning ahamiyatga molik tomoni – bu saylovlar majoritar va proporsional tizim asosida o'tkazilayotganidadir. Yangi tizim menda qiziqish uyg'otdi. Shuningdek, saylovda qatnashishni o'zimning fuqarolik burchim deb bilaman.

 

O'zbekistondan tashqarida bo'lsak-da, konstitutsiyaviy huquqlarimizdan foydalanish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgani uchun mamlakatimiz rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.