Xususiy korxonada 1 ming 200 nafar ayol ishlamoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi.
Korxona binosi qariyb o‘n uch yil qarovsiz yotgan edi. Tadbirkorga «nol» qiymatda berilgach, vaziyat tamomila o‘zgardi. 6,5 million dollar mablag‘ evaziga qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Italiya, Yaponiyadan tikuvchilik va matoga ishlov berish dastgohlari keltirib o‘rnatildi.