O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
TOSHKENT, 8-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jidda shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Bugun, 6 mart kuni xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayevni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi.
ANQARA, 4-mart. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning "TRT-Avaz" va "Samarqand-TV" telekanallarining muborak Ramazon oyi uchun mo'ljallangan dasturlarida O'zbekiston tarixiy shaharlari haqidagi ko'rsatuvlar namoyish etilyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.