Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston yangiliklari


Yangilangan yo‘l qatnov uchun ochildi

Toshkent xalqa yo‘li poytaxtimizning eng uzun va keng ko‘chasi. Faqat uning Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan bir qismi tor bo‘lib, hozirgi talabga - kuniga 45-50 mingta avtomashina qatnoviga mos kelmay qolgan edi. Shu bois ushbu yo‘l kengaytirilib, qayta qurildi.


Oliy Bosh Qo‘mondon Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi.


Respublika onkologiya markazi yangi majmuada ish boshlaydi

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida muhim loyihalar, ta’lim va tibbiyot maskanlari, infratuzilma inshootlari foydalanishga topshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni poytaxtimizdagi shunday bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.


Қашшоқлик муаммосини фақат ижтимоий ёрдам билан ҳал қилиб бўлмайди

Замонавий Ўзбекистоннинг муҳим хусусияти инсон қадри, шаънини юксалтириш бош масала қилиб белгиланганлигида кўринади. Бунинг учун, муҳим воситалар ва усуллардан фойдаланиш зарур  бўлиб, булар орасида маҳалла институтлари ўзига хос ўринга эга.


Ўзбекистон кучли ижтимоий сиёсатни ривожлантириш йўлида

Мамлакатимизда амалга оширилаётган ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлар динамикасига мос равишда аҳолини ижтимоий қилиш, самарали ижтимоий ҳимоя сиёсатини юритишга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Янгиланган Конституциямизда илк бор Ўзбекистон “ижтимоий давлат”, деб эълон қилинди. Сўнгги йилларда аҳоли учун ажратилган ижтимоий ёрдам кўлами 5 баробарга оширилиб, 2 миллиондан ортиқ оила ушбу ижтимоий ҳимоя дастурлари билан қамраб олинди.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi


Sanoat tarmoqlarida samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.


O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan madaniy-gumanitar aloqalar jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


Olimpiada qahramonlari sharaflandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.


O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.