TOSHKENT, 6-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirligida Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig'i Amir Sultonov va Turkiya elchisi Olgan Bekar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
ANQARA, 6-may. /"Dunyo" AA/. "EkoAvrasya" Yevroosiyo iqtisodiy munosabatlari jamg'armasi boshqaruvining raisi Hikmet Eren "Dunyo" AA uchun intervyusida poytaxtimizda 2-3-may kunlari bo'lib o'tgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumining (TXIF) ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Yevropaning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.