Oʼzbekistondagi xalqaro hayriya poygasi
Samarkand Half Marathon - hayriya musobaqasi Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʼarmasi tomonidan har yili Madaniyat vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi hamda Samarqand viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Mazkur musobaqa madaniyat va sanʼat obʼektlaridagi mavjud inklyuziv muammolariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish, shuningdek, mamlakatimizda sogʼlom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirish masalalarini hal qilishga yordam beradi.