O‘zbekistonga sayohat qilish endilikda endi oson! Fuqaroligingizdan kelib chiqqan holda vizasiz tartibdan foydalanish, elektron sayyohlik vizasi uchun onlayn-ariza topshirish yoki O‘zbekistonning vataningizdagi elchixonasi va yoxud konsulligi orqali viza olish imkoniyatlaridan biridan foydalana olasiz.
Vizasiz tartibdan kimlar foydalana oladi?
Dunyoning 60dan ortiq mamlakati, shu jumladan YeI davlatlari fuqarolari O‘zbekistonda 30 kun mobaynida vizasiz tartibdan foydalangan holda bo‘lishlari mumkin. O‘zbekistonga kelishlari uchun viza talab qilinmaydigan mamlakatlarning yangilangan ro‘yxati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saytida tanishish mumkin.
Mamlakatingiz ro‘yxatda bo‘lmasa-chi, nima qilsa bo‘ladi?
Siz O‘zbekiston elektron vizasi uchun onlayn-ariza topshira olasizmi?
70dan ortiq mamlakat fuqarolari O‘zbekiston elektron sayyohlik vizasiga ariza topshirishlari mumkin. Respublikaga elektron kirish vizasini olish imkoniga ega mamlakatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanisha olasiz. Sizning mamlakatingiz ro‘yxatda borligiga ishonch hosil qilgach, portalning rasmiy veb-sahifasida onlayn tarzda murojaat qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston vizasini elchixona orqali qanday olish mumkinmi?
Mamlakatingiz yuqoridagi ro‘yxatlarning hech birida mavjud bo‘lmasa, tashvishlanishning hojati yo‘q. Siz O‘zbekiston elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qilib, O‘zbekistonga kirish vizasini olish uchun ariza topshira olasiz. Buning uchun sizga O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi, faoliyat yurituvchi tashkilot, kompaniya va shaxsning vizani qo‘llab-quvvatlash hujjatlari (taklifnoma) talab etilishi mumkin.
O‘zbekiston aviakompaniyasi bilan tranzit reyslar orqali sayohat qilyapsizmi?
100 dan ortiq mamlakatlar fuqarolariga 5 kungacha muddatda vizasiz tranzit parvozlarini amalga oshirishlariga ruxsat berilgan. Vizasiz tranzit huquqiga ega bo‘lish uchun sizga O‘zbekistonga o‘zbek havo yo‘llari orqali kelib-ketishingiz zarur bo‘ladi. Aeroportda aviachipta ko‘rsatishingiz kifoya.
O‘zbekistonga kirish vizalari haqida to‘liqroq ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasida olish mumkin.