Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turistlarni ro‘yxatdan o‘tkazish


O‘zbekistonda 3 kundan ko‘p muddatga sayohatni rejalashtirganda, mamlakatga kirib kelishingiz bilanoq vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish zarur bo‘ladi.

Mehmon mustaqil ravishda kelgan bo‘lsa, (jismoniy yoki yuridik shaxs taklifisiz), o‘zi joylashgan (mehmonxona, xostel, mehmon uyi va sh.k.) bino ma’muriyati vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirishi kerak.

Agar, sayyohga taklifnoma yuborilgan bo‘lsa, taklifnoma yuborgan shaxsning yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.

E-mehmon ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi

Ro‘yxatdan o‘tish amaliyotini mamlakatga kelgach, yoxud E-mehmon (emehmon.uz) tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshirish ham mumkin. E-mehmon tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishda joylashadigan manzili ma’muriyati bilan avvaldan kelishib olishi zarur bo‘ladi.

Portal orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun emehmon.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish oynasida o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi, so‘ngra «kelish varag‘i»ni to‘ldirib, to‘lov kartasi ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda sayyohlik yig‘imi bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tishni Emehmon mobil ilovasi (hozircha faqat Android uchun) orqali ham amalga oshirish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgan va sayyohlik yig‘imini to‘lagan, ammo qayd etilgan joyda istiqomat qilmagan mehmonlar uchun maxsus oyna – mustaqil sayyohlar — bo‘limi mavjud.

Ular qolish muddatini ko‘rsatgan holda naqd yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Yashash joyi ma’muriyati mustaqil sayyohlar murojaat qilgudek bo‘lsa, ularni ro‘yxatga olishni amalga oshirishadi.