Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiya Respublikasi hududida bo’lib turgan O’zbekiston fuqarolari diqqatiga!


2021 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi ID-kartlarni rasmiylashtirish va berish tizimi joriy etilishi munosabati bilan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosining respublika hududida va chet elda biometrik pasportini berish tartibi 2020 yil 31 dekabrda tugatiladi.

Shu munosabat bilan biometrik bo'lmagan namunadagi pasportga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari 2020 yil oxiriga qadar O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini olishlari shart.

Pasportni o'z vaqtida almashtirmaslik xorijiy pasportni olishda qiyinchiliklarga olib keladi, chunki kelajakda xorijiy pasportni ro'yxatdan o'tkazish uchun O'zbekistonga kelib, shaxsiy ID-kartni rasmiylashtirish kerak bo'ladi.