2022-yil 27-fevral kuni Ukrainaning Lvov shahridan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasidagi «Krakovets-Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti sari yo‘lga chiqdilar.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600dan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Polsha chegarasiga yetkazildi.
"Shunday kunlarda bizga yordam qilayotgan Yurtboshimiz sog‘ bo‘lsinlar" deydi Ukrainadagi vatandoshlarimizdan biri.
Elchixona vakillarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.