Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida


Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

2022-yil 11-mart kuni Antaliya shahrida (Turkiya Respublikasi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov II Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Tomonlar yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan qo‘shma qarorlar va kelishuvlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Olingan majburiyatlarni bajarish va qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida siyosiy, chegara, suv xo‘jaligi, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Oliy, yuqori va mintaqalararo darajalarda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.