2022-yilning 11-mart kuni Antaliya shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiya Respublikasi Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Ivan Korchok bilan uchrashuv o‘tkazdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlari jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan to‘ldirilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Ikki tomonlama darajada ham, Yevropa Ittifoqi doirasida ham siyosiy muloqotni faollashtirishdan tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi bildirildi.
Bo‘lajak tadbirlar, jumladan, Slovakiya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
O‘zbekiston-Slovakiya muzokaralari mamlakatimiz Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyaning Antaliya (Turkiya Respublikasi) shahrida bo‘lib o‘tayotgan ikkinchi Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida bo‘lib o‘tdi.