Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Qatar Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida


Qatar Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

2022-yilning 11-mart kuni Antaliya shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xalqaro tuzilmalar doirasida tomonlarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Qatar Afg‘onistonda tinchlikni mustahkamlash va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlandi.