Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida


Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

2022-yilning 12-mart kuni amaliy tashrif bilan Antaliya shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘tgan yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi, joriy yil uchun umumiy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarda erishilgan yutuqlarga alohida e’tibor qaratildi.

“Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” shaklida mintaqalararo muloqotni kengaytirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirilidi.