Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Anqara shahrida buyuk ma'rifatparvar jadid bobolarimiz merosiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy konferensiya bo'lib o'tdi


Anqara shahrida buyuk ma'rifatparvar jadid bobolarimiz merosiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy konferensiya bo'lib o'tdi

ANQARA, 6-yanvar. /"Dunyo" AA/. Anqara shahridagi Ijtimoiy fanlar universitetida «Jadidlar izidan: tilda, fikrda va ishda birlik» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy konferensiya o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Turkiy dunyo Muhandis va me'morlar uyushmasi bilan birgalikda uyushtirildi.

 

Anjumanda Turkiston mintaqasida faol bo'lgan jadidchilik harakatining yetakchilari, ularning tariximizda tutgan o'rni, tarixiy va zamonaviy o'zbek davlatchiligining rivojlanish bosqichlari, milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz va ta'lim-tarbiya sohasiga qo'shgan ulkan hissalari haqida fikr almashildi.

 

Tadbirda so'zga chiqqanlar so'nggi yillarda Yangi O'zbekistonda buyuk ma'rifatparvar bobolarimiz g'oyalarini o'rganish va tiklash borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladilar. Jumladan, 2023-yil 11-dekabr kuni Toshkent shahrida «Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari» mavzusida ilmiy konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etilgani va unda turk dunyosining yetakchi olimlari Turkistonda taraqqiy etgan jadidchilik harakati haqidagi o'z ma'ruzalari bilan qatnashgani qayd etildi.

 

Shuningdek, O'zbekiston Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida davlatimiz rahbari tomonidan jadid bobolarimiz merosini tiklash bo'yicha bildirilgan tashabbuslarining mazmun-mohiyati va ahamiyati turk ziyolilariga yetkazildi.

 

Ma'rifatparvar bobolarimiz g'oyalarini o'rganish va rivojlantirish bo'yicha qaror qabul qilinishi hamda Buxoroda Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil etilishi alohida qayd etildi.

 

O'z navbatida Turkiya vakillari 2024-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda "Jadid" nomli yangi gazeta tashkil etilganini mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Ular, shuningdek, buyuk ma'rifatparvar bobolarimiz nomi ostida bosilayotgan ushbu gazetada o'zlarining tahliliy maqolalari bilan ishtirok etish istaklarini ham bildirishdi.