Turkiyadagi vatandoshlarimizning tabrigi: Jannatmonand O'zbekistonimizning sarhadlari, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ko'z qorachig'idek asrashdek sharafli xizmatingizda omad yor bo'lsin
ANQARA, 13-yanvar. /"Dunyo" AA/. Turkiyada amaliyot o'tayotgan O'zbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, podpolkovniklar Abdumajid Alimov va Aziz Nabiyev "Dunyo" AA uchun intervyusida xalqimizni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklashdi:
- Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar! Biz O'zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Turkiyada o'quv amaliyotida tajriba almashish bo'yicha xizmat safarida bo'lib turibmiz. Shu kunlarda yurtimizda O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan safdoshlarimizni, ustozlar, murabbiylar va faxriylarimizni hamda barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug' sana bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Aziz vatandoshlar, jannatmonand O'zbekistonimizning sarhadlari, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ko'z qorachig'idek asrashdek sharafli xizmatingizda omad yor bo'lsin!