Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan tabrik: Kuchli armiya – bu kuchli davlat, ertangi kunga ishonch bilan qaraydigan farovon xalq va jamiyat demakdir


Turkiyadan tabrik: Kuchli armiya – bu kuchli davlat, ertangi kunga ishonch bilan qaraydigan farovon xalq va jamiyat demakdir

ANQARA, 14-yanvar. "Dunyo" AA/. Anqara Siyosat va inqiroz tadqiqotlari markazi direktori, professor Mehmet Seyfettin Erol  "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan munosabati bilan xalqimizni tabrikladi:

- Avvalo, mustaqil O'zbekiston xavfsizligi, barqarorligi, tinchligi va osoyishtaligi, kuchli demokratik davlat qurish yo'lidagi islohotlar jarayonining garovi bo'lgan, kundan-kunga mustahkamlanib borayotgan O'zbekiston Qurolli Kuchlari harbiylariga qardosh Turkiyadan tabriklar yo'llayman.

Bugungi kunda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash barcha davlatlar uchun birinchi darajali masala sifatida maydonga chiqmoqda. Yevroosiyo geosiyosatining yuksalib borayotgan markazlaridan biriga aylangan O'zbekiston xavfsizligi va barqarorligi nafaqat o'zi, balki mintaqa xavfsizligi va kelajagi uchun ham katta ahamiyatga ega. Shu bois O'zbekiston Qurolli Kuchlarining tarixiy missiyasi o'zini yana bir bor muhim ehtiyoj sifatida ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Qurolli Kuchlari bu vazifani ado etishiga shubha hech yo'q. O'zbekistonning ko'p asrlik "armiya-davlat", "armiya-xalq" tushunchalari buning eng asosiy ko'rsatkichidir. Kuchli armiya – bu kuchli davlat, ertangi kunga ishonch bilan qaraydigan farovon xalq va jamiyat demakdir.

Shu munosabat bilan boy va shonli tarixga ega, zafarli va sharafli o'tmishli O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan O'zbekiston xalqini chin yurakdan muborakbod etaman.