Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari TURKSOY bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot chog'ida turkiy mamlakatlar madaniyatini targ'ib qilish va ommalashtirish bo'yicha qo'shma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 25-yanvar. /"Dunyo" AA/. Kecha O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Rahmatulla Nurimbetovning Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi Sultanbay Rayev bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar TURKSOY doirasidagi ko'p qirrali madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv mobaynida 2023 yilda madaniy diplomatiya sohasida qo'shma xalqaro tadbirlar, jumladan Toshkentda TURKSOYning 30 yilligi nishonlanishi va 100 jildlik «Turkiy adabiyot durdonalari» turkumidagi jamlanma taqdimoti muvaffaqiyatli tashkillashtirilgani alohida qayd etildi. 

Tomonlar ushbu yo'nalishda qo'shma tadbirlar, loyiha va dasturlarni amalga oshirish orqali turkiy mamlakatlar madaniyatini targ'ib qilish va ommalashtirish bo'yicha o'zaro hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.