Istanbul yarmarkasida O'zbekistondan ishlab chiqarilgan mebel mahsulotlari namoyish etilmoqda
ISTANBUL, 28-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xalqaro mebel uyushmalari federatsiyasi (MOSFED) ko'magida tashkil etilgan Istanbul mebel yarmarkasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston tomonidan "Ixlos" va "Honor" mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar qatnashib, arab, rus va boshqa xaridorlar bilan manfaatli shartnomalar imzolashga erishdi. O'z navbatida, diplomatlar ularga tegishli amaliy yordam ko'rsatdi.
Shu bilan bir qatorda vakolatxona xodimlari «Azur mobilya», «İdol Mobilya», "Erol", «Lorenz furniture», "Artem", "Soyserin", «Seref Consept», "Rotta", "Sahne" kabi bir nechta korxona rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazib, ularga O'zbekistonda mahsulotlarini sotish imkoniyatlari haqida ma'lumot yetkazildi.
Ma'lumot uchun, Istanbul mebel yarmarkasida 167 davlatdan 25 mingdan ortiq xorijiy xaridorlar ishtirok etdi. Katta talab tufayli yarmarkada 3 mingdan ortiq brend qatnashdi.