Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Istanbul shahrida O'zbekiston-Turkiya sarmoyaviy hamkorligining istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi


Istanbul shahrida O'zbekiston-Turkiya sarmoyaviy hamkorligining istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi

ISTANBUL, 29-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov Turkiyaning «Kalyon Holding» kompaniyasi boshqaruv kengashi a'zolari Akin Kirchichek va Kadir Ozjan bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Bosh konsul Turkiya vakillarini O'zbekistonda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xususan, investorlar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, ularga taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirdi. Ushbu islohotlar doirasida O'zbekistonda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan turizm, infratuzilma, kommunal va qurilish sohalarida qator loyihalar mavjudligi, ularni amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqligi ta'kidladi.

 

Turkiya vakillari o'zbek-turk munosabatlarining bugungi holatini va O'zbekiston amalga oshirilayotgan islohotlar sur'atini yuqori baholadilar.

 

"Kalyon Holding" kompaniyasi boshqaruv kengashi vakillari, shuningdek, O'zbekistonda qurilish, kon-geologiya sohalariga investitsiya kiritishga tayyorliklarini bildirishdi.

 

Tomonlar Turkiya kompaniyasi ishtirokida amalga oshirayotgan qurilish loyihalarida O'zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilish masalalariga ham e'tibor qaratdilar.