Istanbul shahrida Turkiya sarmoyasi asosida Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etish istiqbollari muhokama qilindi
ISTANBUL, 11-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari turkiyalik tadbirkor Rashid Xon bilan muzokara o'tkazishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Uchrashuvda mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Turk tadbirkoriga O'zbekistonda xorijiy investor uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, biznesning davlat miqyosida qo'llab-quvvatlanishi, mamlakatimizning ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish, shuningdek, logistika imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma’lumot berildi. Mamlakatimizda sanoat, transport, energetika, turizm va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o'rganish to'g'risida kelishib oldilar.