Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Bosh konsulxonasi: Turkiya chegara punktlarida mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat'iy tekshiruvlar boshlandi


O'zbekiston Bosh konsulxonasi: Turkiya chegara punktlarida mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat'iy tekshiruvlar boshlandi

ISTANBUL, 27-mart. /"Dunyo" AA/. Istanbul xalqaro aeroportida 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, migratsiya xizmati xodimlari xatti-harakatlari shubha uyg'otgan shaxslar bilan suhbat o'tkazib, uyali telefonlarini tekshirish holatlari kuzatilmoqda.

 

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o'tishga uringan shaxslar "Turkiyaga kirishi istalmagan yo'lovchi" sifatida baholanadi.

 

Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O'zbekiston fuqarolaridan 54 nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etgani aniqlangan.

 

O'z o'rnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarga to'liq rioya qilishlari, deport qilinganlardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo'qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o'rgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi, qayd etadi O'zbekiston Bosh konsulxonasi.