Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: Qozog'iston rahbarining O'zbekistonga tashrifi, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi


Turkiyadan munosabat: Qozog'iston rahbarining O'zbekistonga tashrifi, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi

ANQARA, 8-aprel. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning Rossiya va MDH mamlakatlarini o'rganish instituti direktori Solih Yilmaz "Dunyo" AA uchun intervyusida Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning 5-aprel kuni O'zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

— Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaxshi qo'shnichilik va pragmatik mintaqaviy tashqi siyosati, shuningdek, O'zbekiston va Qozog'iston rahbarlarining siyosiy irodasi hamda ular o'rtasida o'rnatilgan ochiq va ishonchga asoslangan muloqot ikki tomonlama munosabatlarning sifat jihatidan yuqori darajaga chiqishiga xizmat qilmoqda.

 

Davlat rahbarlarining uchrashuvida transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlik loyihalarini jadallashtirish, sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalarini amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

 

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston-Qozog'iston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri — bu transport kommunikatsiyalari sohasidir.

 

Shu munosabat bilan ikki davlat rahbarlari O'zbekiston va Qozog'iston temir yo'l ma'muriyatlari o'rtasida transafg'on yo'nalishi bo'yicha "Xayraton – Xarlachi" yo'nalishini rivojlantirishda ishtirok etadigan qo'shma korxona tashkil etish tashabbusini olqishladilar. Xitoy-Qozog'iston-O'zbekiston yo'nalishi bo'yicha yuk tashishni tashkil etish uchun Qozog'iston-Xitoy chegarasida va O'zbekistonda o'zaro manfaatli asosda yuk terminallari taqdim etilishi transport sohasidagi hamkorlikning alohida ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

 

Ikki davlat rahbarlari hamkorlik loyihalarini jadallashtirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratmoqda. Bu esa, o'z navbatida, O'zbekiston va Qozog'iston ishbilarmon doira vakillari uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochayotir. Jumladan, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini qurish loyihasi faol amalga oshirilmoqda.

 

Qozog'iston rahbarining O'zbekistonga tashrifi, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.