Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadagi vatandosh xotin-qizlar muammolari o'rganilmoqda


Turkiyadagi vatandosh xotin-qizlar muammolari o'rganilmoqda

ISTANBUL, 17-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari Mukarram Nurmatova boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Turkiyaga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Ichki ishlar vazirligi vakillari o'rin olgan. 15-20-aprel kunlari mobaynida bo'lib o'tayotgan tashrifdan maqsad Turkiyadagi O'zbekiston xotin-qizlari muammolarini o'rganish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat. 

 

Safar davomida O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Unda Turkiyada vaqtincha bo'lib turgan o'zbekistonlik ayollarning muammolarini kompleks o'rganish, ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish masalasida Turkiya davlat organlari, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

 

Bosh konsulxona xodimlari delegatsiya a'zolariga oila va nikoh, fuqarolik, mehnat hamda migratsiya sohasidagi Turkiya qonunchiligi, fuqarolarimizni qiziqtirayotgan masalalar va ular duch kelayotgan muammolar to'g'risida batafsil ma'lumot berdilar.

 

Delegatsiya a'zolari ishtirokida joriy yilning 16-17-aprel kunlari Istanbul shahrida, 19-aprel kuni esa Bursa shahrida vatandosh xotin-qizlar uchun sayyor qabullar tashkil etiladi.