Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: Mo'g'uliston Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifi o'zbek-mo'g'ul munosabatlari rivojida yangi sahifa ochmoqda


Turkiyadan munosabat: Mo'g'uliston Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifi o'zbek-mo'g'ul munosabatlari rivojida yangi sahifa ochmoqda

ANQARA, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Anqara inqiroz va siyosiy tadqiqotlar markazi "ANKASAM" direktori Mehmet Seyfettin Erol "Dunyo" AA uchun intervyusida Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O'zbekistonga davom etayotgan davlat tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko'ra oluvchi va pragmatik tashqi siyosati tufayli O'zbekistonning mintaqaviy va xalqaro kun tartibi tobora boyib bormoqda.

 

Shu nuqtai nazardan, Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O'zbekistonga tashrifi alohida ahamiyat kasb etib, o'zbek-mo'g'ul munosabatlari rivojida yangi sahifa ochmoqda. Ayniqsa, Mo'g'uliston rahbarining O'zbekistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchisi bo'lib, ikki davlat o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlash va ko'p qirrali sheriklikni rivojlantirishga intilayotganidan dalolat berishini alohida ta'kidlash joiz.

 

O'zbekiston va Mo'g'uliston Prezidentlari o'rtasidagi muzokaralarda keng ko'lamli hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari va yangi kun tartibi belgilab berilganini urg'ulash kerak.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini oshirish, xususan, yaqin yillarda o'zaro tovar ayirboshlash hajmini karrasiga ko'paytirish, shu jumladan, talabga ega bo'lgan mahsulotlarni yetkazib berish assortimenti va hajmlarining kengaytirish, joriy yilda Toshkent va Ulan-Bator savdo uylari, sanoat ko'rgazmalarining o'tkazilishga kelishib olindi. Mazkur tashabbuslar ham Yangi O'zbekiston, ham zamonaviy Mo'g'uliston iqtisodiyoti rivojiga xizmat qiladi, deb o'ylayman.

 

Bundan tashqari, kelgusida Imtiyozli savdo shartnomasi va yetkazib beriladigan tovarlar ro'yxatini ishlab chiqish, ikki mamlakat bozorlariga o'zaro kirishni soddalashtirish bo'yicha takliflar, shuningdek, davlat tashrifi davomida imzolangan 14 ta ikki tomonlama hujjatlar O'zbekiston va Mo'g'uliston xalqlarining ko'p qirrali munosabatlari o'sishini ta'minlashga kuchli turtki beradi.