Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xorazm viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaga bordi


Xorazm viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaga bordi

ISTANBUL, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Xorazm viloyat hokimi Jo'rabek Raximov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiyaning Istanbul shahriga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Tashrif davomida Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Raximov va Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi boshqaruv kengashi a'zosi Fatix Mexmet Kechebir o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Shuningdek, Xorazm viloyati va Istanbul ishbilarmon doira vakillari ishtirokida iqtisodiy tadbir o'tkazildi. Unda hokim Jo'rabek Raximov Xorazm viloyatining iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati haqida batafsil so'zlab berdi. 

 

Xorazmda faoliyat olib borayotgan turk investorlari o'z chiqishlarida O'zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti va mamlakatimizdagi tajribalari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

 

Bundan tashqari, ikki davlat tadbirkorlari, hokimiyat vakillari va diplomatlar ishtirokida B2B va B2G formatida muzokaralar uyushtirildi.

 

Safar davomida O'zbekiston delegatsiya a'zolari Istanbul Trakya erkin iqtisodiy hududi, Yevropa davlatlari avtomobil zavodlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi "Kat Mekatronik urunlari A.S." va tibbiy jihozlar hamda mahsulotlar ishlab chiqaruvchi "Variteks" korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

 

Xorazm viloyati delegatsiyasi vakillari ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha ham qator samarali uchrashuvlar o'tkazdi. Xususan, Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va Xorazm pedagogika universiteti mas'ullari Turkiyaning nufuzli davlat va xususiy shakldagi Istanbul, Istanbul texnika, Taraqqiyot, Ibn Xaldun universitetlari bilan turli yo'nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi.