Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Namangan viloyati delegatsiyasi Turkiyada tadbirkorlar bilan samarali uchrashuvlar o'tkazdi


Namangan viloyati delegatsiyasi Turkiyada tadbirkorlar bilan samarali uchrashuvlar o'tkazdi

ISTANBUL, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyasining Istanbul va Kojaeli viloyatlariga tashriflari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Istanbulning Bashakshehir tumanida joylashgan "Ikitelli" sanoat zonasi, mebel, tekstil, temirchilik, turizm va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, ikki davlat tadbirkorlari, hokimiyat vakillari va diplomatlar ishtirokida B2B va B2G formatida muzokaralar o'tkazildi.

 

Namangan viloyati delegatsiyasi Kojaeli viloyatiga safari davomida Gebze Guzellar sanoat hududi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur hudud rahbari Adem Jaylan O'zbekiston delegatsiyasini sanoat hududidagi kasb-hunar maktabi bilan tanishtirdi. Shuningdek, tekstil, poyabzal, turli sumkalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha mashhur brendlardan biri — "Koton" kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokara o'tkazildi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, qo'shma loyihalarni ishlab chiqish haqida kelishuvga erishildi.

 

Mazkur iqtisodiy erkin hududda faoliyat yuritayotgan va Namangan tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mamlakatimizda investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, taklif etilayotgan yangi loyihalar haqida so'zlab berdi.

 

O'zbekiston tomoni safar davomida, shuningdek, "Musıad" rahbariyati bilan ham muzokara o'tkazdi.