Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Istanbul shahrida o'tkazilgan xalqaro ko'rgazmada O'zbekiston oziq-ovqat va sayyohlik salohiyati namoyish etildi


Istanbul shahrida o'tkazilgan xalqaro ko'rgazmada O'zbekiston oziq-ovqat va sayyohlik salohiyati namoyish etildi

ISTANBUL, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 10-13-iyul kunlari Istanbul shahrida xalqaro ziyorat turizmi va oziq-ovqat ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazmada 80 dan ortiq mehmonxona va aviakompaniyalar vakillari hamda O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Akmaljon Qosimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.

 

Yarmarka maydonida O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi. Bundan tashqari, O'zbekiston diplomatlari tomonidan mamlakatimiz turistik jozibadorligi, Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Termiz, Xiva shaharlaridagi tarixiy, madaniy va muqaddas qadamjolar haqida taqdimot o'tkazildi.

 

Ishtirokchilarga O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, turkompaniyalarga berilayotgan imtiyozlar, xorijiy mehmonlar xavfsizligini ta'minlash borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil so'zlab berildi.

 

O'zbekiston stendida namoyish etilgan tabiiy, ekologik toza va shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari, ziyorat turizmi sohasidagi imkoniyatlar ko'rgazma mehmonlari va OAV vakillariga katta qiziqish uyg'otdi.

 

Ko'rgazma doirasida O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Akmaljon Qosimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari Turkiyaning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi yetakchi korxona va tashkilotlar rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi.