Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Turkiya tibbiyot fanlari universiteti fakulteti talabalari uchun Anqarada yozgi amaliyot kurslari tashkil etildi


Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Turkiya tibbiyot fanlari universiteti fakulteti talabalari uchun Anqarada yozgi amaliyot kurslari tashkil etildi

ANQARA, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Turkiya tibbiyot fanlari universiteti fakultetining bir guruh talabalari Anqara shahrida malaka oshirish va yozgi amaliyot kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

35 kun davom etgan yozgi amaliyot kurslarida mamlakatimizdan 30 nafarga yaqin bo'lajak shifokorlar qatnashib, o'z tajribalarini oshirdilar. Xususan, ular Anqara shahridagi nufuzli shifoxonalardan birining xirurgiya, travmatologiya, anesteziologiya, intensiv terapiya bo'limlarida amaliy ko'nikmalarni egalladilar.

 

Amaliyot kurslari yakunida Turkiya tibbiyot fanlari universiteti rektori Kamoliddin Aydin ishtirokida tashkil etilgan sertifikatlarni topshirish marosimida mamlakatimiz elchixonasi vakillari ham ishtirok etdi.

 

Tadbirda so'zga chiqqanlar so'nggi yillarda O'zbekiston-Turkiya munosabatlari barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim yo'nalishida ham yangi bosqichga ko'tarilgani ta'kidlandi. Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Turkiya tibbiyot fanlari universiteti fakulteti bitiruvchilari zamonaviy bilimlarni egallagan holda, mamlakatimizda tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo'shayotgani qayd etildi. Bu yil Turkiyaga malaka oshirish va amaliyot o'tash maqsadida kelgan talabalar ham olgan bilim va ko'nikmalarini O'zbekistonda qo'llashlariga ishonch bildirildi.

 

"Ibn Sino yurtidan kelgan o'zbek talabalari doimo o'zlarining ilm olishga chanqoqligi bilan ajralib turadi. Biz bundan keyin ham Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi fakultetimiz talabalari uchun mana shunday amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilishni davom ettiramiz. Kelgusida oxirgi kurs bitiruvchilari uchun Turkiyada bir yillik amaliyot dasturini joriy qilishni rejalashtiryapmiz. O'zbekiston bilan munosabatlar biz uchun juda qadrli. Istiqbolda yurtingizdagi faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz. Jumladan, Buxoroda stomatologiya fakultetining filialini ochmoqchimiz. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot instituti bilan ham qo'shma loyihalarimiz bor", dedi rektor Kamoliddin Aydin.