Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyaning Karabyuk shahridagi yosh vatandoshlar ishtirokida O'zbekistonda kechayotgan islohotlarga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi


Turkiyaning Karabyuk shahridagi yosh vatandoshlar ishtirokida O'zbekistonda kechayotgan islohotlarga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

ANQARA, 13-oktabr /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Turkiyaning Karabyuk shahrida ta'lim olayotgan O'zbekiston yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirning asosiy mavzusi 27-oktabr kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo'ldi.

 

Turkiyada fuqarolarimiz zich yashaydigan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish nuqtalari tashkil etilishi ma'lum qilindi. Yuzlab o'zbekistonlik talabalar ta'lim olayotgan Karabyuk shahri ham shular jumlasidandir. Xususan, o'zbekistonlik talabalar zich yashaydigan "100-yil mahallasi" hududidagi Madaniyat markazida 19-oktabr kuni muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo'lib o'tishi ma'lum qilindi.

 

Bu yilgi saylovlarning aralash, ya'ni majoritar va proporsional tizim asosida o'tkazilishi yoshlarimizda katta qiziqish uyg'otdi. Talaba yoshlar saylovlarda ovoz berish uchun o'zlari yashab turgan hududda imkoniyat yaratib berilayotgani uchun minnatdorlik bildirib, ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishlarini ta'kidladilar.