Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyaning Istanbul shahrida ta'lim olayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz muammolari o'rganildi


Turkiyaning Istanbul shahrida ta'lim olayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz muammolari o'rganildi

ISTANBUL, 13-oktabr. /Dunyo AA/. Amaliy tashrif bilan Turkiyada bo'lib turgan O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Istanbul shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasida Istanbulda ta'lim olayotgan talaba yoshlar, mehnat migrantlari , "Turkiyada o'zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish" jamiyati, "O'zbekiston madaniyat va hamkorlik" jamiyati, "Yulduz permit" konsalting markazi hamda salohiyatli ish beruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Unda Turkiyaning mazkur hududida ta'lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarni qiynayotgan muammolar, migrantlar farzandlarining umumiy-o'rta ta'lim olishi bilan bog'liq vaziyat, yurtdoshlarimiz huquq va erkinliklarini munosib himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Bo'lib o'tgan muloqot yakunida, mavjud muammolarni hal etish bo'yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqish bo'yicha kelishib olindi.