Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyalik ekspertlar O'zbekiston parlamenti saylovi kampaniyasining borishi bilan tanishdilar


Turkiyalik ekspertlar O'zbekiston parlamenti saylovi kampaniyasining borishi bilan tanishdilar

ANQARA, 15-oktabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning nufuzli tahlil markazlaridan biri – "ANKASAM"da bo'lajak O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Unda  O'zbekiston elchixonasi xodimlari, "ANKASAM" tahlilchilari, Hajettepe, Anqara, Yildirim Boyazid nomidagi universitetlar professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

 

Yig'ilganlarga O'zbekistonda saylov qonunchiligidagi o'zgarishlar, siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va g'oyalari haqida axborot berildi. 27-oktabr kuni bo'lib o'tadigan Parlament saylovi yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan me'yorlar va xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq ravishda tashkil etilayotgani ta'kidlandi.

 

Turk ekspertlar mamlakatimizda so'nggi 7 yil ichida kuzatilayotgan islohotlarni alohida ta'kidlab, saylov sohasidagi yangiliklarni, xususan, aralash saylov tizimiga o'tilayotganini yuqori baholadilar.

Seyfettin Erol, "ANKASAM" rahbari, professor:

 

– Tadbirda O'zbekistonda bo'lib o'tadigan parlament saylovlari haqida muhim ma'lumotlarni bilib oldik. Mazkur saylovlarga kuzatuvchi sifatida taklif etilganman. Avval O'zbekiston Prezidenti saylovida, shuningdek, mamlakatingizda bo'lib o'tgan referendumda xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashganman. Har gal borganimda O'zbekistondagi jadal demokratik islohotlar meni hayratga soladi. Bu yilgi saylovlarning asosiy yangiligi Qonunchilik palatasiga saylovlar aralash (majoritar-proporsional) tizim asosida o'tkazilishi bo'ldi. Bu mamlakatda partiyalararo raqobatni yanada kuchaytiradi. Shuningdek, nomzodlarni ilgari surishda gender tenglik tamoyillariga katta e'tibor qaratilayotganini ko'rib juda mamnun bo'ldik. O'zbekiston ta'bir joiz bo'lsa, xalqaro tajribalardan keng foydalangan holda, o'z modelini yaratmoqda. Respublikaning ushbu modeli boshqa davlatlar uchun namuna bo'lishiga ishonaman.