Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyaning Antaliya shahrida "O'zbek tili bayrami kuni"ga bag'ishlangan mushoira tashkil etildi


Turkiyaning Antaliya shahrida "O'zbek tili bayrami kuni"ga bag'ishlangan mushoira tashkil etildi

ANQARA, 23-oktabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Antaliya, Mersin va qo'shni shaharlardagi vatandoshlar ishtirokida madaniy-ma'rifiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va ularning ijobiy natijalari hamda joriy yilning 27-oktabr kuni o'tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

 

Ishtirokchilarga o'zbek tili dunyoning qadimiy va boy tillaridan biri sifatida xalqimizning milliy o'zligi va mustaqil davlatchiligimiz timsoli ekanligi ta'kidlandi. Ona tilimizning qadri va nufuzini oshirish bo'yicha tizimli ishlar va "O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatiga urg'u berildi. 

 

So'nggi yillarda o'zbek tilining obro'si va nufuzini oshirish, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o'rnini yuksaltirish, jumladan, Turkiyada o'zbek tilini o'rganish bo'yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil so'zlab berildi.

 

Tadbir yakunida "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi va "O'zbek tili bayrami kuni"ga bag'ishlangan mushoira tashkil etildi.