Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadagi mashhur binolar O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi


Turkiyadagi mashhur binolar O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi

ISTANBUL, 20-noyabr. /"Dunyo" AA/. 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun Turkiyada ham keng tantana qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shu munosabat bilan mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Turkiyadagi bir necha mashhur binolarda O'zbekiston bayrog'i tasvirlandi.

 

Xususan, 18-noyabr kuni Istanbul shahridagi tarixiy Galata minorasi, Osiyo va Yevropani bog'lovchi "Bosfor" va afsonaviy Fotix Sulton Mehmet ko'priklari O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi.