Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: Yangi O'zbekiston yetakchisi mamlakatni yanada kuchliroq qiladigan islohotlar jarayonini jadallashtirish tarafdori


Turkiyadan munosabat: Yangi O'zbekiston yetakchisi mamlakatni yanada kuchliroq qiladigan islohotlar jarayonini jadallashtirish tarafdori

ANQARA, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi – "ANKASAM" direktori Mehmet Seyfettin Erol "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 18-20-noyabr kunlari bo'lib o'tgan O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislaridagi ma'ruzasi haqida o'z fikrlarini bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari majlislaridagi ma'ruzalaridan xalq bilan yanada yaqinlashish, shuningdek, milliy irodani e'zozlash va istiqboldagi vazifalar haqida juda aniq ma'lumotlar o'rin olgan. O'ylashimcha, Prezidentning ma'ruzalari yangi saylangan parlament vakillarining kelgusidagi faoliyati uchun "yo'l xaritasi" bo'lib xizmat qiladi.

 

Davlat rahbari xalqdan uzilib qolmaslik, doimo ular bilan birga bo'lish, aholi manfaatlari uchun xizmat qiladigan qonunlarni ishlab chiqish zarurligini alohida ta'kidladi. Shu nuqtai nazardan, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aloqani yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

 

O'zbekistonda 2025-yilni "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e'lon qilinishi ham aholining dolzarb muammolarini hal etish bo'yicha natijaga yo'naltirilgan tadqiqotlarni olib borish muhimligidan dalolat beradi.

 

Binobarin, yangi siyosatga mos keladigan yangi parlamentni shakllantirish bo'yicha vazifalarni Prezidentning o'zi "Xalq uyi" va "Inson qadr-qimmati" tamoyillari asosida batafsil tahlil qilib berdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan surilgan takliflar, shuningdek, yangi jahon voqeligiga mos va kuchli Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadini namoyon qiladi.

 

Mintaqaviy va jahon miqyosidagi voqealarni yaqindan kuzatib borayotgan Yangi O'zbekiston va uning yetakchisi mamlakatni yanada kuchliroq qiladigan islohot va tadbirlar jarayonini yanada jadallashtirish tarafdori.

 

Bundan tashqari, xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo do'stlik guruhlari sonini 26 tadan 73 taga ko'paytirish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadlari ham e'tirofga loyiq.

 

Ushbu takliflar va belgilangan vazifalar, albatta yangi Qonunchilik palatasi va yangi Senat a'zolari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

 

Biz "ANKASAM" tahliliy markazi ushbu jarayonda o'zbek xalqi va Yangi O'zbekistonni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. Bu borada O'zbekistonning Anqaradagi elchixonasi bilan hamkorlikda dekabr oyida "Yangi O'zbekiston: Yangi maqsadlar sari" konferensiyasini o'tkazishni rejalashtiryapmiz.