Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Turkiyada qarovsiz qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi


O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Turkiyada qarovsiz qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi

ISTANBUL, 30-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida Turkiyada qarovsiz qolib ketgan ikki nafar voyaga yetmagan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona ma'lumotiga ko'ra, 2024-yil noyabr oyi boshida Turkiyada bo'lish qoidalarini buzganligi sababli O'zbekistonga deportatsiya qilingan Y.M.va A.D.ning qarovsiz qolib ketgan 12 yoshli va 4 yoshli farzandlari diplomatlar tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida O'zbekistonga yetkazildi.

 

Voyaga yetmagan bolalar 2024-yil 27-noyabr kuni "Uzbekistan Airways" kompaniyasi samolyoti orqali, hamrohlar kuzatuvida Toshkent shahriga kuzatildi.

 

O'zbekistonga yetib borgan bolalar qonunchilikka muvofiq ularning qonuniy vakillariga topshirildi.