Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

18-yanvarda Istanbulda qalbaki spirtli ichimlik ichish oqibatida vafot etgan yurtdoshlarimizning soni 17 nafarga yetdi


18-yanvarda Istanbulda qalbaki spirtli ichimlik ichish oqibatida vafot etgan yurtdoshlarimizning soni 17 nafarga yetdi

ISTANBUL, 18-yanvar. /"Dunyo" AA/. Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik ichish oqibatida yana 3 nafar vatandoshimiz vafot etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Joriy yil 18-yanvar holatiga ko'ra, qalbaki spirtli ichimlik ichish natijasida vafot etgan yurtdoshlarimizning umumiy soni 17 nafarga yetdi.

 

O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan qalbaki spirtli mahsulotlar iste'moli natijasida vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini O'zbekiston yuborish bo'yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

 

Ayni paytda Istanbul hududidagi shifoxonalarning jonlantirish bo'limlarida yanada 5 nafar yurtdoshimiz muolaja olmoqdaBosh konsulxona xodimlari mazkur vatandoshlarimizning holidan xabar oldilar. Shifoxona ma'muriyati bilan aloqa o'rnatilgan.

 

Bosh konsulxona diplomatlari, shuningdek, mazkur holat yuzasidan Istanbul sog'liqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.

 

Vatandoshlarimiz bilan doimiy aloqani ta'minlash maqsadida O'zbekiston Bosh konsulxonaning +905535411717 raqamli mobil aloqa vositasi 24/7 rejimida ishlayapti.