Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: Malayziyaga bo'lib o'tgan tashrif Yangi O'zbekistonning pragmatik tashqi siyosatining mantiqiy davomidir


Turkiyadan munosabat: Malayziyaga bo'lib o'tgan tashrif Yangi O'zbekistonning pragmatik tashqi siyosatining mantiqiy davomidir

ANQARA, 7-fevral. /"Dunyo" AA/. Turkiya Buyuk Millat Majlisining (Parlamenti) mudofaa va xavfsizlik bo'yicha eksperti Mesut Emre Karakose "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-5-fevral kunlari Malayziyaga buyurgan rasmiy tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga tashrifi Yangi O'zbekistonning pragmatik tashqi siyosatining mantiqiy davomi va respublikaning xalqaro siyosiy maydonda muhim ishtirokchi sifatida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan ko'p qirrali munosabatlarini mustahkamlashga bo'lgan intilishidir.

 

Ta'kidlash joizki, Malayziya Bosh vazirining o'tgan yilning may oyida O'zbekistonga qilgan tarixiy tashrifi ikki davlat o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga turtki bo'lgan bo'lsa, joriy tashrif O'zbekiston-Malayziya munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun muhim qadam bo'ldi.

 

Siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalar faollashgani, o'zaro tovar ayirboshlash hajmi oshgani, O'zbekistonda qo'shma korxonalar soni ko'paygani, shuningdek, tashrif arafasida tahlil markazlari vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar, O'zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari, yetakchi universitet rektorlari forumi o'tkazilgani bunga yaqqol misoldir.

 

Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari chog'ida qabul qilingan qarorlar, xususan, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va kelishuvlarni amalga oshirishni yuqori darajada samarali muvofiqlashtirish maqsadida O'zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirlari o'rtasida Strategik muloqot platformasini yaratish bo'yicha qabul qilingan qarorlar muhim ahamiyatga ega.

 

Imtiyozli savdo to'g'risidagi bitimni ishlab chiqish, o'zaro sanoat ko'rgazmalarini o'tkazish, Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish bo'yicha kelishuvni alohida ta'kidlash kerak.

 

Toshkent viloyatida Malayziyaning yetakchi kompaniyasi boshqaruvida maxsus iqtisodiy zona tashkil etilishi, shubhasiz, ijobiy samara beradi va ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.

 

Ikki davlat rahbarlarining 2025-2026-yillarni O'zbekiston-Malayziya hamkorligini innovatsion rivojlantirish davri deb e'lon qilishlari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi amaliy hamkorlik uchun kuchli asos bo'lib xizmat qilishiga ishonaman.