Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston bosh konsuli Turkiya ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi


O'zbekiston bosh konsuli Turkiya ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi

ISTANBUL, 2-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov Turkiyaning "vestiturkey.com" veb-sayti va "Bosfor TV" muxbiri Talha Balikka intervyu berdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Intervyu davomida bosh konsul O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, mamlakatimizning jahon sayyohlik bozoridagi o'rni hamda rivojlanayotgan turistik salohiyati haqida batafsil so'zlab berdi. 

 

Diplomat qadimiy Ipak yo'li sivilizatsiyasining markazlaridan biri bo'lgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi shaharlarimizning sayyohlar uchun jozibadorligini ta'kidlagan. Shuningdek, yurtimizda yaratilgan qulay zamonaviy infratuzilma, xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun soddalashtirilgan viza tartibi alohida qayd etildi.

 

O'zbekistondagi investitsion muhit, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imtiyoz va kafolatlar, erkin iqtisodiy zonalar suhbatning asosiy mavzusiga aylandi. O'zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususiy sektorni rivojlantirish va chet ellik investorlarni jalb qilish borasidagi chora-tadbirlar urg'ulandi.

 

 Intervyuda O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlariga ham e'tibor qaratilgan. "O'zbekiston qo'shni davlatlar bilan o'zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan hamkorlikni, Turkiya bilan strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston xalqaro tashkilotlar doirasida Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan global tashabbuslarni ilgari surmoqda", – degan bosh konsul