Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Istanbuldagi vatandosh talabalar Navro'z bayramini keng nishonladilar


Istanbuldagi vatandosh talabalar Navro'z bayramini keng nishonladilar

ISTANBUL, 24-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakilligi tashabbusi bilan mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Turkiyadagi o'zbek talabalari jamiyati bilan hamkorlikda "TÜGVA Genel Merkezi"da Navro'z ayyomiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbek talabalari jamiyati rahbari Ergash Jumayev tabrik nutqida, Turkiyada tahsil olayotgan o'zbekistonlik yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rsatilgan yaqin ko'mak va doimiy e'tibor uchun O'zbekiston hukumati hamda Bosh konsulxona diplomatlariga minnatdorlik bildirdi.

 

Bosh konsulxona diplomatlari talabalarni yurtimiz kelajagi, madaniyatimiz va qadriyatlarimizning jonli targ'ibotchilari sifatida e'tirof etib, diplomatik vakolatxona ularni har doim qo'llab-quvvatlashga hamda muammolarini hal etishda ko'mak berishga tayyor ekanligini bildirishdi.

 

Bayram tadbir davomida talabalar o'rtasida turli viktorinalar tashkil etildi. Shuningdek, vatandoshlar uchun dasturxon yozilib, bahoriy taomlar ulashildi.