Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Istanbulda o'zbek milliy qadriyatlari tarannum etildi


Istanbulda o'zbek milliy qadriyatlari tarannum etildi

ISTANBUL, 26-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Istanbul shahridagi "Bahçeşehir University" universitetida Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur universitetda tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan birgalikda tashkil etilgan bahor ayyomi tantanalarida O'zbekistonning boy madaniy merosi, o'zbek milliy liboslari namoyish etildi.

 

Talabalar ijrosidagi o'zbek milliy raqslar esa barchaga manzur keldi. Ishtirokchilar palov, ko'k somsa, chuchvara kabi o'zbek milliy taomlarini tatib ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar. 

 

Tadbirda qatnashgan Istanbulda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus hamda Turkiya ilm-fan va madaniyat namoyondalari vakillari o'zbek xalqining boy tarixi, madaniyati va urf-odatlarini yuksak baholadilar