Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: O'zbekiston-Vengriya aloqalarning mustahkamlanishi butun Yevroosiyo rivojiga xizmat qiluvchi konstruktiv va pragmatik hamkorlik namunasidir


Turkiyadan munosabat: O'zbekiston-Vengriya aloqalarning mustahkamlanishi butun Yevroosiyo rivojiga xizmat qiluvchi konstruktiv va pragmatik hamkorlik namunasidir

ANQARA, 22-may. /"Dunyo"AA/. Hikmet Eren, "EkoAvrasya" Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar fondi boshqaruvi raisi "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-21-may kunlari Vengriyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari va Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

 

– O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklik Yevroosiyo barqarorligi va iqtisodiyotlarning bir-birini to'ldirishiga salmoqli hissa qo'shmoqda.

 

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida sifat jihatidan yangi davrga – kengaytirilgan strategik sheriklikka o'tishning muhim bosqichi bo'ldi. Bu nafaqat siyosiy yaqinlashuv, balki hamkorlikning amaliy mazmunidan o'zaro manfaatdorlikning namoyonidir.

 

Jahon tartibi o'zgarishlar bosqichini boshidan kechirayotgan bir sharoitda O'zbekiston Prezident ham turkiy, ham Yevropa makonida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muvozanatli, ko'p vektorli tashqi siyosatni namoyish etmoqda.

 

O'z navbatida, Vengriya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish strategiyasida alohida o'rin tutadi. Tashrif yakunlari bo'yicha tizimli va institutsional xususiyat kasb etgan savdo-iqtisodiy hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Hududlar forumini Qo'qon shahrida o'tkazish tashabbusi, yangi sarmoyaviy portfelni shakllantirish, farmatsevtika, agrosanoat, logistika va qurilish sohalarida imzolangan amaliy kelishuvlar yuqori darajadagi ishonch va o'zaro manfaatdorlikdan dalolat beradi.

 

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Markaziy Osiyodagi nufuzi oshib borayotgan asosiy davlat bo'lib qolmoqda, shuningdek, uning barqaror islohotlar modeli va sheriklik uchun ochiqligi Yevropa hamda Yevroosiyo tuzilmalari tomonidan alohida qo'llab-quvvatlashga loyiqdir.

 

"EkoAvrasya" fondi xalq diplomatiyasi va muloqot maydoni sifatida O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishini butun Yevroosiyo rivojiga xizmat qiluvchi konstruktiv, pragmatik hamkorlik namunasi deb biladi. Biz ushbu dinamikani ilgari surish va mintaqalararo tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga har tomonlama hissa qo'shishga tayyormiz.