Turkiyadan munosabat: O'zbekiston Prezidentining TDT sammitdagi asosiy nutqi shunchaki siyosiy bayonot emas, balki kelgusi yillar uchun aniq vektorni belgilab beruvchi konseptual hujjatdir
ANQARA, 23-may. /"Dunyo"AA/. Turkiya ekspert doiralari vakillari "Dunyo" AA uchun intervyularida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-21-may kunlari Vengriyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari va Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:
Mexmet Seyfettin Erol, Anqara inqiroz va siyosiy tadqiqotlar markazi – "ANKASAM" direktori:
– O'zbekiston Prezidentining Budapesht shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitidagi ishtiroki nafaqat turkiy dunyo, balki butun Yevroosiyo mintaqaviy munosabatlar tizimi uchun muhim voqea bo'ldi. Uning sammitdagi asosiy nutqi shunchaki siyosiy bayonot emas, balki kelgusi yillar uchun aniq vektorni belgilab beruvchi konseptual hujjatdir.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turkiy birlikning asosiy ustunlari - transport va logistika, energetika aloqasi, yoshlar va gumanitar hamkorlik, shuningdek, innovatsion sheriklik sohalarini belgilab berdi. Bunday yondashuv nafaqat ishtirokchi mamlakatlar manfaatlarini uyg'unlashtirish, balki turkiy makonni global jarayonlarga integratsiya qilish imkonini beradi. Transkaspiy xalqaro transport yo'nalishiga alohida e'tibor qaratilayotgani, shuningdek, yagona ta'lim va ilmiy makon yaratish muhimligini alohida ta'kidlash joiz.
O'zbekiston TDT doirasida nafaqat faol ishtirokchi, balki integratsiyaning intellektual "drayver" bo'lishga ham tayyor ekanini yana bir bor namoyish etdi.
Inqiroz siyosati va geostrategiya bo'yicha mutaxassis sifatida men ushbu nutqni pragmatizm, uzoqni ko'ra bilish hamda madaniy va sivilizatsiyaviy yondashuvni o'zida yaqqol o'zida mujassam etgan mas'uliyatli yetakchilikning manifestidir, deb qabul qilaman. Bu global o'zgarishlar va geosiyosiy tebranishlar davrida zarur bo'lgan diplomatiya uslubidir.