Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Turkiyadan munosabat: O'zbekiston rahbariyati siyosiy yetuklik va strategik tafakkurni namoyon etmoqda


Turkiyadan munosabat: O'zbekiston rahbariyati siyosiy yetuklik va strategik tafakkurni namoyon etmoqda

ANQARA, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. "EkoAvrasya" Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar jamg'armasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren (Turkiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning 8-10-iyun kunlari O'zbekistonga amalga oshirayotgan tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Tashrif va oliy darajadagi muzokaralar nafaqat rasmiy Toshkent va Bratislavaning ikki tomonlama kun tartibi, balki butun Yevroosiyo uchun muhim voqea bo'ldi.

 

Ochiqlik, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlik yo'lidan ishonch bilan borayotgan O'zbekiston YEI davlatlari uchun muhim hamkor hisoblanadi.

 

Global muammolar, beqarorlik va iqtisodiy o'zgarishlar fonida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O'zbekiston-Slovakiya munosabatlarining yangi bosqichi shakllanayotgani o'z vaqtida va uzoqni ko'zlagan qadam bo'lib, siyosiy yetuklik hamda strategik tafakkurni tasdiqlaydi. Muzokaralarda sanoat kooperatsiyasi, sarmoyaviy hamkorlik, agrosanoat sektori, farmatsevtika, raqamlashtirish va "yashil" energetika kabi ustuvor yo'nalishlar belgilab olindi.

 

O'zbekiston kuchli Yevroosiyo ishlab chiqarish va logistika makonini barpo etishga katta ahamiyat qaratadi. Xususan, Slovakiya kompaniyalari ishtirokida qo'shma sanoat kooperatsiyasi dasturini yaratish tashabbusi Sharq va G'arb o'rtasidagi barqaror iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish maqsadlariga to'liq mos keladi.

 

Ta'lim almashinuvi, qo'shma ilmiy dasturlarning yo'lga qo'yilgani, O'zbekiston va Slovakiya o'rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ham e'tirofga loyiq.

 

Uyushgan mehnat migratsiyasi bo'yicha tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, qo'shma startap platformalarini yaratish va universitetlararo aloqalarni mustahkamlash haqiqiy Yevroosiyo gumanitar makonini shakllantirishga yo'l ochadi.

 

Turkiya ekspertlar hamjamiyati bu qadamlarni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish, xalqlarni yaqinlashtirish va o'zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qo'shayotgan hissasi sifatida ko'rmoqda.

 

Men Toshkentda erishilgan kelishuvlar amaliyotga tatbiq etilishiga, ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur'at bag'ishlashiga, O'zbekiston va Slovakiyaning Yevroosiyo makonida ishonchli sheriklar sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashiga ishonaman.