Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati Turkiyaning Malatya viloyatida taqdim etildi


O'zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati Turkiyaning Malatya viloyatida taqdim etildi

MALATYA, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Turkiyaning Malatya viloyatiga tashrifi davomida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Malatya viloyati savdo-sanoat palatasi boshqaruv kengashi raisi Og'uzxan Ata Sadikog'lu, Ijroiya qo'mita raisi Xakan Er hamda palata boshqaruv kengashi a'zolari va hududdagi yetakchi tadbirkorlar qatnashdi.

 

Muloqot chog'ida o'zaro savdoni rivojlantirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar va qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, to'qimachilik, qurilish materiallari kabi sohalarda loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

Shuningdek, tashrif davomida Malatya viloyatining yirik korxonalari rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi va korxonalar faoliyati bilan tanishildi.

 

Xususan, "Vesta" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Xakan Chetin bilan oziq-ovqat, "Oz Ekin Grup" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Basri Ilxan bilan qurilish va qurilish materiallari, "Alptekin" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Yilmaz Alptekin bilan oziq-ovqat sanoatidagi uskunalarni ishlab chiqarish, "Baykan Denim" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Erkan Baykan bilan to'qimachilik sanoati sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o'tkazildi.

 

Tashrif natijasida Malatya viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.